1-iyuldan Qozog‘iston pomidor importiga vaqtinchalik cheklov joriy etadi

eʼlon qilindi
Qaror YOIIga kirmaydigan davlatlardan import qilinadigan yangi va sovutilgan pomidorga taalluqli.
1-iyuldan Qozog‘iston pomidor importiga vaqtinchalik cheklov joriy etadi
Foto: Kontent tayyorlash markazi

Qozog‘iston 1-iyuldan boshlab ayrim davlatlardan pomidor importini vaqtincha cheklashni rejalashtirmoqda. Bu haqda East-Fruit nashri xabar berdi.

Qaror Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo bo‘lmagan mamlakatlardan olib kiriladigan yangi va sovutilgan pomidorlarga tegishli bo‘ladi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, cheklov barcha transport turlari orqali amalga oshiriladigan yetkazib berishlarga tatbiq etiladi. Shu bilan birga, YOII davlatlaridan import hamda Qozog‘iston hududi orqali tranzit tashuvlar ushbu taqiqdan mustasno bo‘ladi.

Tegishli tashabbus 5-iyun kuni o‘tkazilgan idoralararo komissiya yig‘ilishida ma’qullangan. Shundan so‘ng Qishloq xo‘jaligi vazirligi import tartiblarini belgilovchi hujjat loyihasini tayyorlagan.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekistonda yiliga bitta avtomobil import qilish cheklovi bekor qilingani haqida yozgandi.

Shuningdek