Chevrolet 2027 Silverado pikapi rasman taqdim etildi — tafsilotlar

17-iyun 2026 15:50 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Chevrolet 2027 Silverado pikapi rasman taqdim etildi — tafsilotlar
Foto: chevrolet.com

Chevrolet Silverado 1500’ning yangi avlodi – 2027-yil modeli rasman taqdim etildi. Bu haqda kompaniya rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

Kompaniya uni tarixidagi eng kuchli va eng zamonaviy Silverado sifatida ta’riflamoqda.

Yangi modelda 5.7L va 6.6L hajmdagi yangi avlod V8 dvigatellari, shuningdek 2.7L TurboMax va 3.0L turbo-dizel kabi variantlar taklif etiladi. Ishlab chiqaruvchiga ko‘ra, bu motorlar yuqori quvvat, mustahkamlik va tortish kuchi bilan ajralib turadi.

Dizayn va ichki qism yangilandi

2027 Silverado butunlay yangilangan tashqi ko‘rinishga ega bo‘lib, yanada agressiv old qism, yangi LED chiroqlar va trimga qarab farqlanadigan dizayn elementlari bilan taqdim etilgan.

Foto: chevrolet.com

Salon qismida esa katta raqamli ekranlar (16.3 dyuymli markaziy displey va 12.2 dyuymli panel) hamda zamonaviy raqamli boshqaruv tizimi o‘rnatilgan.

Versiyalar kengaytirildi

Foto: chevrolet.com

Yangi Silverado 7 ta trim darajasida taklif etiladi:

  • Work Truck (ishchi versiya);
  • Custom;
  • Silverado (LT o‘rnini bosadi);
  • High Country (premium);
  • Trail Boss;
  • Custom Trail Boss;
  • ZR2 (off-road flagman).

Yo‘ldan tashqari va premium imkoniyatlar

ZR2 versiyasi eng kuchli off-road model sifatida 35 dyuymli shinalar, ko‘tarilgan osma tizimi va mustahkam himoya elementlari bilan jihozlangan.

Foto: chevrolet.com

High Country esa panoramali tom, premium salon va hashamatli bezaklari bilan liniyaning eng yuqori darajasini ifodalaydi.

Texnologiyalar

Yangi Silverado’da Super Cruise haydovchiga yordam tizimi ham mavjud bo‘lib, u hatto tirkama tortish paytida ham hands-free boshqaruv imkonini beradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Chevrolet’ning mashhur avtomobiliga chegirma e’lon qilingani haqida yozgandi.

Shuningdek