
BMW aksiyalari 17-iyun kungi savdolar yakunida 8,3 foizga arzonlab, so‘nggi besh yildan ortiq davrdagi eng past darajaga tushdi. Bunga kompaniyaning 2026-yil bo‘yicha moliyaviy prognozini keskin pasaytirgani sabab bo‘ldi.
Avtokonsern endi yil yakunida avtomobil yetkazib berish hajmi biroz kamayishini kutmoqda. Avvalroq BMW bu ko‘rsatkich o‘tgan yil darajasida saqlanishini taxmin qilgan edi. Shuningdek, avtomobil biznesi bo‘yicha EBIT marjasi prognozi 4–6 foizdan 1–3 foizgacha tushirildi. Investitsiya qilingan kapital rentabelligi bo‘yicha kutilma esa 6–10 foizdan 1–5 foizgacha pasaytirildi.
BMW prognoz yomonlashuvini Xitoy avtomobil bozoridagi pasayish hamda Yaqin Sharqdagi urush fonida energiya narxlarining oshishi bilan izohladi. Yevropa va AQShdagi savdo o‘sishi Xitoy va Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi pasayishni qoplay olmayapti.
BMW aksiyalaridagi keskin qulash boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchilarga ham ta’sir qildi. Mercedes-Benz aksiyalari 4 foizga, Volkswagen 3,5 foizga, Stellantis esa 2,5 foizga arzonladi.
Avvalroq «Kursiv» BMW BMW yangi M Concept Neue Klasse elektromobilini taqdim etgani haqida yozgan edi.