Wildberries O‘zbekistonda 300 mln dollarlik logistika markazi yaratadi

eʼlon qilindi
Logistika infratuzilmasi va xizmatlarni rivojlantirish uchun
Wildberries O‘zbekistonda 300 mln dollarlik logistika markazi yaratadi
Foto: Getty Images

Wildberries O‘zbekistonda logistika infratuzilmasi va xizmatlarni rivojlantirish uchun $300 milliondan ortiq investitsiya kiritishini ma’lum qildi. Bu haqda kompaniya vakillari Toshkent xalqaro investitsiya forumi — TMIFF-2026 doirasida e’lon qilgan.

Kompaniya rejasiga ko‘ra, Markaziy Osiyoda yirik mintaqaviy logistika xabi tashkil etiladi. Ushbu markaz O‘zbekistondagi mavjud saralash markazi va Toshkent viloyatida qurilayotgan 170 ming kvadrat metrli ombor majmuasini birlashtiradi.

Yangi logistika tizimi orqali O‘zbekiston Rossiya, Yaqin Sharq va Afrika bozorlarini bog‘lovchi muhim tranzit hududga aylanishi kutilmoqda. Shuningdek, Xitoydan Afrikaga yuk oqimlarini yo‘lga qo‘yish imkoniyati ham yaratiladi.

Kompaniya bu loyiha O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xalqaro bozorlarga chiqarishni kengaytirishini, Made in Uzbekistan brendini rivojlantirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Avvalroq «Kursiv» nashri Wildberries O‘zbekistonda WB Taxi ilovasini ishga tushirgani haqida yozgandi.

Shuningdek