O‘zbekiston va YTTB loyihalari portfeli 7 mlrd dollardan oshdi

eʼlon qilindi
Shavkat Mirziyoyev Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidentini qabul qildi
O‘zbekiston va YTTB loyihalari portfeli 7 mlrd dollardan oshdi
Foto: prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston va YTTB loyihalari portfeli $7 mlrddan oshdi. Shavkat Mirziyoyev 18-iyun kuni Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) prezidenti Odil Reno-Basso boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi yig‘ilishi doirasida bo‘lib o‘tdi. Tomonlar O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar dasturi doirasida YTTB bilan hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda O‘zbekiston YTTBning mintaqadagi eng yirik hamkori hisoblanadi. Ustuvor yo‘nalishlardagi loyihalar portfeli $7 mlrddan oshgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Investitsiyalarning katta qismi xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilmoqda.

Uchrashuvda ekologik transportni rivojlantirish, temir yo‘l infratuzilmasini raqamlashtirish, tadbirkorlik, ipoteka bozori va startaplar ekotizimini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi kelishuvlar imzolangani qayd etildi.

Joriy yilda kichik va o‘rta biznesni kreditlashni kengaytirish ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘ladi. Shuningdek, eksportni moliyalashtirish, ayollar va yoshlarni biznesga o‘qitish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish ham muhim yo‘nalishlar sifatida belgilandi.

Bank-moliya sektorini transformatsiya qilish jarayonlarida YTTB ishtirokini kengaytirish masalasi ham ko‘rib chiqildi.

Tomonlar ta’lim, sog‘liqni saqlash va transport infratuzilmasi sohalarida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini ilgari surish rejalarini qo‘llab-quvvatladi.

Shuningdek, loyihalarni tayyorlash va ularni samarali amalga oshirish uchun YTTB ekspertlarini jalb qilishga qiziqish bildirildi.

Uchrashuvda Xorijiy investorlar kengashining bo‘lajak to‘rtinchi yig‘ilishi kun tartibi ham muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ipak Yuli Bank YTTBʼning tasdiqlovchi bank maqomini olgandi. Ta’kidlanishicha, mazkur maqom bankka xalqaro bitimlar boʻyicha toʻlovlarni kafolatlash imkoniyatini taqdim etadi. Bu esa xorijiy hamkorlar bilan ishlashda biznes uchun qoʻshimcha himoya vositasi boʻlib xizmat qiladi. 

Shuningdek