BMT Isroil ko‘chmanchilarini «qora» ro‘yxatga kiritishi mumkin

eʼlon qilindi
Tashkilotga ko‘ra, 2025-yilda qurolli mojarolar oqibatida bolalarga nisbatan sodir etilgan og‘ir huquqbuzarliklar rekord darajaga yetgan
BMT Isroil ko‘chmanchi guruhlarini "qora" ro‘yxatga kiritishi mumkin
BMT Isroil ko‘chmanchi guruhlarini «qora» ro‘yxatga kiritishi mumkin / Foto: AP

BMT bosh kotibi Isroil ko‘chmanchi guruhlarini bolalar huquqlarini buzuvchilar ro‘yxatiga kiritish mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

BMT bosh kotibi Antonio Guterreshning «Bolalar va qurolli mojarolar» bo‘yicha yillik hisobotida qayd etilishicha, 2025-yilda dunyo bo‘ylab bolalarga nisbatan 38 558 ta og‘ir huquqbuzarlik holati qayd etilgan. Ushbu holatlar 24 174 nafar bolaga ta’sir ko‘rsatgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 1996-yildan buyon eng yuqori daraja hisoblanadi.

Hisobotga ko‘ra, o‘tgan yili 14 224 nafar bola halok bo‘lgan yoki jarohatlangan. Ularning 6 266 nafari halok bo‘lgan bo‘lib, mazkur ko‘rsatkich 2024-yildagiga nisbatan 34 foizga oshgan. BMT G‘azo sektorida 2 668 nafar, G‘arbiy sohilda esa 57 nafar falastinlik bolaning halok bo‘lganini tasdiqlagan.

Foto: AP /Jehad Alshrafi

Antonio Guterresh hisobotda Isroil tomonidan bosib olingan Falastin hududlarida bolalarga nisbatan sodir etilayotgan huquqbuzarliklar ko‘lami «dahshatli» darajaga yetganini ta’kidladi.

«Men bosib olingan Falastin hududlari va Isroilda bolalarga nisbatan sodir etilgan og‘ir huquqbuzarliklar ko‘lamidan dahshatdaman. Aholi zich yashaydigan hududlarda portlovchi qurollarning keng qo‘llanilishi alohida xavotir uyg‘otmoqda», – dedi BMT bosh kotibi.

Uning ta’kidlashicha, Isroil ko‘chmanchilari tomonidan falastinlik bolalarga qarshi hujumlar soni keskin oshgan. Agar bunday holatlar 2026-yilda ham davom etsa, ushbu guruhlar BMTning bolalar huquqlarini buzuvchilar ro‘yxatiga kiritilishi mumkin.

G‘azo
Foto: Unsplash

Hisobotda 9 465 ta og‘ir huquqbuzarlik Isroil harbiy kuchlari, 326 tasi esa Isroil ko‘chmanchi guruhlari bilan bog‘langani qayd etilgan.

Shuningdek, Guterresh Isroil tomonidan hibsga olingan bolalar sonining ko‘pligi, ularning saqlanish sharoitlari va jismoniy zo‘ravonlik haqidagi xabarlardan jiddiy xavotirda ekanini bildirdi. Uning fikricha, bunday holatlar g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala sifatida baholanishi mumkin.

BMTning bolalar huquqlarini buzuvchilar ro‘yxatiga kiritilish avtomatik ravishda sanksiyalar qo‘llanilishiga olib kelmaydi. Biroq bu davlatlar va guruhlarga nisbatan xalqaro bosimni kuchaytiradi hamda ularni ro‘yxatdan chiqarish bo‘yicha aniq choralar rejasini ishlab chiqishni talab qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh va Eron kelishuv bandlari va unda kim yutgani haqida yozgan edik.

Shuningdek