Robaxon Mahmudova Oliy sud raisligiga tavsiya etildi

eʼlon qilindi
Baxtiyor Islomovni esa Oliy sudi raisi lavozimidan ozod etish to‘g‘risida taqdimnoma yuborildi
Robaxon Mahmudova Oliy sud raisligiga tavsiya etildi / Foto: Sud.uz

Shavkat Mirziyoyev tomonidan Robaxon Anvarovna Mahmudovani O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi lavozimiga saylash masalasi yuzasidan Senatga taqdimnoma kiritildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Shu bilan birga, Baxtiyor Jahongirovich Islomovni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi lavozimidan ozod etish to‘g‘risida ham Oliy Majlis Senatiga taqdimnoma yuborildi.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisini lavozimga saylash va lavozimidan ozod etish masalalari Oliy Majlis Senati tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Ma’lumot uchun, Baxtiyor Islomov 2022-yil avgust oyida Oliy Majlis Senati qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi etib saylangan edi. Undan oldingi rais Kozim Komilov salomatligi tufayli o‘z xohishi bilan lavozimidan ozod etishlishini so‘rab, murojaat qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kadastr agentligiga yangi rahbar tayinlangan edi.

Shuningdek