Kanada Qatarni yirik hisobda mag‘lub etdi, Deviddan het-trik

19-iyun 2026 05:43 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir sardor.orifovich@gmail.com
Foto: FIFA.com

Jahon chempionati guruh bosqichining 2-turi doirasida Kanada terma jamoasi Qatarni 6:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Shimoliy amerikaliklar o‘yinni to‘liq nazorat qildi. Uchrashuvning 16-daqiqasida Kayl Larin hisobni ochgan bo‘lsa, 29-daqiqada Jonatan Devid ustunlikni oshirdi. Oradan ko‘p o‘tmay, 33-daqiqada qatarlik himoyachi Xomam Ahmed qizil kartochka olib, maydonni tark etdi va tanaffusga qadar Devid o‘zining ikkinchi golini kiritib, hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirdi.

Foto: FIFA.com

Ikkinchi bo‘limda Qatarning ahvoli yanada og‘irlashdi. 54-daqiqada Assim Madibo ham maydondan chetlatilib, jamoa 9 kishi bo‘lib qoldi. Shundan so‘ng 64-daqiqada Neytan Saliba to‘rtinchi golni urdi, 75-daqiqada esa qatarlik Mohamed Naser Al-Mannai o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘ydi.

Foto: FIFA.com

O‘yinning qo‘shib berilgan vaqtida Jonatan Devid het-trikni rasmiylashtirib, uchrashuvga yakuniy nuqtani qo‘ydi.

Ma’lumot uchun, Jahon chempionati guruh bosqichining 3-turida Kanada Shveysariyaga, Qatar esa Bosniya va Gersegovinaga qarshi maydonga tushadi. Ikkala uchrashuv ham 24-iyun kuni parallel ravishda bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Avvalroq Kursiv nashri Shveysariya Bosniya va Gersegovinani yirik hisobda yenggani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek