AQSh «NATO 3.0» konsepsiyasiga o‘tishga chaqirdi

eʼlon qilindi
Ushbu yondashuv sovuq urushdan keyingi davrda xavfsizlik sohasida yuz bergan o‘zgarishlarni hisobga olishi kerak
AQSh «NATO 3.0» konsepsiyasiga o‘tishga chaqirdi
Foto: Getty Images / Fototahrir: Samijon Juraqulov

AQSh Yevropada joylashtirilgan Amerika qo‘shinlarining kelgusidagi tarkibi va joylashuvini qayta ko‘rib chiqishni boshladi. Bu haqda Pentagon rahbari Pit Xegset Bryusselda NATO mudofaa vazirlari uchrashuvida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington ittifoqchilar bilan birga «NATO 3.0» konsepsiyasi ustida ishlamoqda. Ushbu yondashuv sovuq urushdan keyingi davrda xavfsizlik sohasida yuz bergan o‘zgarishlarni hisobga olishi kerak.

Foto: Anadolu

Xegset tekshiruvdan maqsad Shimoliy Atlantika alyansining Yevropadagi yetakchilik rolini kuchaytirish, mintaqa mudofaasi uchun blokning mas’uliyatini oshirish va AQSh kuchlarining global ehtiyojlarga mosligini ta’minlash ekanini aytdi.

Pentagon rahbariga ko‘ra, Yevropadagi qo‘shinlar va harbiy bazalar joylashuvini qayta ko‘rib chiqish jarayoni olti oygacha davom etadi.

Shu bilan birga, u ayrim ittifoqchilar bu tekshiruvdan «o‘ta olmasligi» mumkinligini ham ta’kidladi. Bu bayonot NATO davlatlari mudofaa xarajatlari va Yevropa xavfsizligidagi mas’uliyat masalasi yana kun tartibiga chiqqan bir paytda yangradi.

Avvalroq «Kursiv» AQSh Eronning dengiz blokadasini bekor qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek