
Samsung Electronics kompaniyasi yangi avlod mobil protsessori — Exynos 2700 ustida ish olib borilayotganini rasman tasdiqladi. Bu haqda ITHome nashri ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya Exynos 2700 nomli yangi avlod mobil protsessorini ishlab chiqmoqda va u kelgusi flagman qurilmalarga mo‘ljallangan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Exynos 2700 chipi Galaxy S27 seriyasidagi smartfonlarda ishlatilishi mumkin. Ushbu liniyaning chiqarilishi kelasi yilga rejalashtirilgan.
Samsung kelajakdagi daromad manbalarini diversifikatsiya qilish uchun yangi yo‘nalishlarni faol rivojlantirmoqda. Xususan, kompaniya tasvir sensorlari bo‘yicha yirik buyurtma loyihalari hamda maxsus chiplar ishlab chiqish biznesiga e’tibor qaratmoqda.
Exynos 2700 Samsung‘ning o‘z chiplariga tayangan flagman strategiyasida muhim bosqich bo‘lishi kutilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy S27 qanday ekrandan foydalanishi haqida yozgan edi.