O‘zbekiston aholisi may oyida yonilg‘i va qandolat mahsulotlari qimmatlashganini sezdi

eʼlon qilindi
O‘zbekistonda aholining sezgan inflyatsiya darajasi 10,3 foizni tashkil etdi
O‘zbekiston aholisi may oyida yonilg‘i va qandolat mahsulotlari qimmatlashganini sezdi
Foto: Sputnik

2026-yil may oyida O‘zbekistonda aholining sezgan inflyatsiya darajasi 10,3 foizni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich avvalgi oyga nisbatan 0,8 foiz bandga pasaygan. Bu haqda Markaziy bank o‘tkazgan so‘rov natijalarida e’lon qilindi.

Foto: Markaziy bank

Respondentlarning fikricha, oy davomida ayrim tovar va xizmatlar narxlarida o‘zgarishlar kuzatilgan. Eng ko‘p sezilgan qimmatlashuv benzin va boshqa yonilg‘i turlari hamda qandolat mahsulotlari bilan bog‘liq bo‘lgan.

Foto: Markaziy bank

Shu bilan birga, ayrim yo‘nalishlarda, jumladan, tibbiy xizmatlar, dori-darmon, qurilish materiallari, umumiy ovqatlanish xizmatlari va o‘simlik yog‘i narxlarida nisbatan pasayish qayd etilgan.

Hududlar kesimida eng yuqori sezilgan inflyatsiya Farg‘ona viloyatida 12,2 foizni, eng past ko‘rsatkich esa Navoiy viloyatida 7,9 foizni tashkil qilgan.

Aholi guruhlari orasida pensionerlar narx o‘sishini eng yuqori darajada – 13 foiz atrofida sezgan bo‘lsa, talabalar orasida bu ko‘rsatkich 8,9 foizni tashkil etgan.

Daromad darajasi bo‘yicha tahlilda 30 mln so‘mdan yuqori daromadga ega guruhda sezilgan inflyatsiya 13,5 foizgacha yetgan, 20 – 30 mln so‘m oralig‘idagi guruhda 12,4 foizni tashkil etgan, 7 mln so‘mgacha daromad oluvchilarda esa ko‘rsatkich nisbatan past bo‘lgan. 2 mln so‘mgacha daromadga ega qatlamda esa sezilgan inflyatsiya eng yuqori darajalardan biri sifatida qayd etilgan.

Foto: Markaziy bank

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekiston iqtisodiyoti 2026-yilda qariyb 7 foizga o‘sishi haqida yozgandi.

Shuningdek