Dollar kursi hafta davomida 100 so‘mdan ortiq oshdi

eʼlon qilindi
16-iyundagi eng past ko‘rsatkichdan hisoblaganda esa o‘sish 107,56 so‘mni tashkil qildi
Foto: Depositphotos

O‘zbekistonda dollar kursi hafta davomida o‘sish bilan yakunlandi. Haftaning dastlabki ikki kunida AQSh valyutasi biroz arzonlashgan bo‘lsa, keyingi uch kunda ketma-ket yuqoriladi.

15-iyun kuni dollar kursi 32,67 so‘mga pasayib, 11 981,81 so‘mni tashkil qildi. 16-iyun kuni ham pasayish davom etdi va kurs 1,98 so‘mga tushib, 11 978 so‘mga yetdi. Biroq 17-iyundan boshlab dollar yana qimmatlashdi. Shu kuni kurs 32,29 so‘mga oshib, 12 012,12 so‘mni tashkil qildi.

18-iyun kuni esa AQSh valyutasi yana 39,93 so‘mga ko‘tarilib, 12 052,05 so‘mga yetdi. 19-iyun uchun e’lon qilingan kursga ko‘ra, dollar yana 33,51 so‘mga oshib, 12 085,56 so‘mni tashkil etdi.

Shu tariqa hafta boshidagi 11 981,81 so‘mlik ko‘rsatkich bilan taqqoslaganda, dollar kursi 103,75 so‘mga oshdi. 16-iyundagi eng past ko‘rsatkichdan hisoblaganda esa o‘sish 107,56 so‘mni tashkil qildi.

Manba: Markaziy bank

Eslatib o‘tamiz, Kursiv uzbekistan nashri 19-iyun uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek