Agat Credit 10 mln dollarlik birinchi valyuta obligatsiyalarini chiqaradi

eʼlon qilindi
AQSh dollarida ifodalangan
Agat Credit 10 mln dollarlik birinchi valyuta obligatsiyalarini chiqaradi
Foto: Agat Credit

«Agat Credit» MMT AJ aksiyadorlarining 2026-yil 17-iyundagi umumiy yig‘ilishida AQSh dollarida ifodalangan korporativ obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Emissiya hajmi $10 millionni tashkil etadi. Bu haqda Freedom Broker Uzbekistan xabar berdi.

Chiqariladigan obligatsiyalar soni 100 ming dona bo‘lib, har bir obligatsiyaning nominal qiymati $100 ga teng. Qimmatli qog‘ozlar yillik 11,5 foiz kupon stavkasi bilan chiqariladi va foiz to‘lovlari har oyda amalga oshiriladi. Obligatsiyalarning muomala muddati 730 kun etib belgilangan.

Joylashtirish narxi $100 dan $103 oralig‘ida bo‘ladi. Emissiya anderrayteri sifatida «Freedom Finance» MChJ XK ishtirok etadi.

Obligatsiyalar Kapital Sug‘urta AJ sug‘urta polisi bilan ta’minlanadi. Sug‘urta qoplamasi $12,3 millionni tashkil qilib, nominal qiymat va foiz to‘lovlarini qamrab oladi.

Mazkur emissiya O‘zbekiston kapital bozori tarixida «Tartibga solish qumdoni» maxsus huquqiy rejimi doirasida joylashtiriladigan AQSh dollaridagi korporativ obligatsiyalarning ilk chiqarilishi sifatida qayd etilmoqda.

Avvalroq kompaniya mikromoliya banki ochish uchun Markaziy bankdan ruxsat olish bo‘yicha murojaat qilish qarorini ham qabul qilgan edi.

Bundan oldin Kursiv Uzbekistan Freedom Broker va Agat Credit kapital bozoridagi tartibga solish qumdoni ishtirokchisiga aylangani haqida yozgandi.

Shuningdek