Kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi vaqtincha yopiladi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida qurilish-montaj ishlari sabab Kichik halqa avtomobil yo‘lining ma’lum qismida transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda poytaxt YHTEM ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, cheklovlar 2026-yil 19-iyun soat 23:00 dan 22-iyun soat 06:00 ga qadar amal qiladi.
Ushbu davrda Kichik halqa avtomobil yo‘lining Toshkent davlat pedagogika universiteti oldidan Dilxush 2-tor ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismi transport harakati uchun yopiladi.

Mazkur yo‘nalishda qatnovchi avtobuslar hamda boshqa transport vositalarining harakati vaqtinchalik aylanma yo‘nalishlar orqali tashkil etiladi. Muqobil yo‘nalishlar ilova qilingan sxemada ko‘rsatilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘rta Chirchiqda kanalga tushib ketgan Nexia «qutqarib olingani» haqida yozgan edik.