Dam olish kunlari qaysi banklar ishlaydi
eʼlon qilindi
Markaziy bank xabar berdi

Aholiga qulaylik yaratish maqsadida dam olish kunlari ham ayrim banklarning valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyat yuritadi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.
Quyidagi shoxobchalarda mijozlar xorijiy valyutani ayirboshlash hamda pul o‘tkazmalari bilan bog‘liq amaliyotlarni amalga oshirishlari mumkin:
- Agrobank
- Apex bank
- Milliy bank
- Tenge bank
- Hamkor bank
- Anor bank
- Garant bank
- Hayot bank
- Asaka bank
- SQB
- Trast bank
- Ipoteka bank
- Infin bank
- Asia Alliance bank
- BRB
- Ipak Yo‘li bank
- Aloqa bank
- Xalq banki
- Orient finans bank
- Saderat bank
- Kapital bank
- Mikrokreditbank
- Poytaxt bank
Bundan tashqari, fuqarolar 24/7 rejimda ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari orqali yoki tijorat banklarining mobil ilovalari yordamida bank binosiga tashrif buyurmasdan turib ham valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan dollar kursi hafta davomida 100 so‘mdan ortiq oshgani haqida yozgan edi.