Polshaning APS Energia kompaniyasi O‘zbekistonda qo‘shma korxona ochadi

eʼlon qilindi
Loyiha doirasida ishlab chiqarish-ofis majmuasi quriladi
Polshaning APS Energia kompaniyasi O‘zbekistonda qo‘shma korxona ochadi
Foto: Parkiet

Polshaning APS Energia kompaniyasi Olmaliq kon-metallurgiya kombinati bilan O‘zbekistonda qo‘shma korxona tashkil etish bo‘yicha bitim imzoladi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi Polsha OAViga tayanib xabar berdi.

Loyiha doirasida ishlab chiqarish-ofis majmuasi quriladi. Shuningdek, Markaziy Osiyo, Afg‘oniston va Kavkaz mamlakatlari bozorlariga xizmat ko‘rsatadigan mintaqaviy elektrotexnika xabi tashkil etiladi.

Qo‘shma korxonada APS Energia ulushi 51 foizni, OKMK ulushi esa 49 foizni tashkil qiladi. Loyihaning birinchi bosqichida $15 mln investitsiya kiritilishi rejalashtirilgan.

Korxona favqulodda elektr ta’minoti tizimlari va sanoat uchun energetika yechimlarini ishlab chiqish hamda ishlab chiqarishga ixtisoslashadi.

Polsha tomoni loyiha doirasida texnologiyalar va nou-xaularni O‘zbekistonga olib kiradi. Shuningdek, mahalliy mutaxassislarni tayyorlash ham ko‘zda tutilgan.

Qo‘shma korxona dastlab ijaraga olingan binolarda faoliyat boshlaydi. Keyinchalik esa qariyb 8 ming kvadrat metr maydonga ega yangi zavodga ko‘chirilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindiston kompaniyasi O‘zbekistonda 20 mln dollarlik zargarlik zavodi qurishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi. Unga ko‘ra, kompaniya delegatsiyasi Toshkentdagi Fonon korxonasiga tashrif buyurib, mahalliy soha vakillari bilan muzokaralar o‘tkazgan. Uchrashuvda zargarlik sanoatini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarish hajmini oshirish va eksport imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilingan.

Shuningdek