Chevrolet Equinox 2027 avtomobilining yonilg‘i sarfi oshirildi

21-iyun 2026 12:22 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chevrolet Equinox 2027 avtomobilining yonilg‘i sarfi oshirildi
Foto: Chevrolet

Chevrolet kompaniyasining yangi Chevrolet Equinox 2027 avtomobili bir qator yangilanishlar bilan taqdim etilmoqda. Bu haqda GMAutority nashri xabar bermoqda.

Ulardan eng muhimlaridan biri old g‘ildirakdan tortuvchi versiyalarda ilgari qo‘llangan CVT variatorining bekor qilinishi bo‘ldi. AQSh Atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi yangi Equinox’ning yonilg‘i sarfi bo‘yicha rasmiy ko‘rsatkichlarini e’lon qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2027-yilgi Chevrolet Equinox FWD shaharda 25 mpg, trassada 29 mpg, aralash siklda esa 27 mpg natija ko‘rsatadi.

2026-yilgi Equinox FWD bilan solishtirganda, shahardagi yonilg‘i tejamkorligi 1 mpgga kamaygan. Avvalgi modelda bu ko‘rsatkich 26 mpg edi. Trassa va aralash sikldagi natijalar esa o‘zgarishsiz qolgan — mos ravishda 29 va 27 mpg.

Foto: Chevrolet

To‘liq uzatmali Equinox AWD versiyasida esa o‘zgarish yo‘q. 2027-yilgi model shaharda 25 mpg, trassada 29 mpg va aralash siklda 26 mpg natija qayd etadi. Bu 2026-yilgi Equinox AWD ko‘rsatkichlari bilan bir xil.

Endi 2027-yilgi Chevrolet Equinox’ning barcha versiyalari GM’ning sakkiz pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi bilan jihozlanadi. Bu old g‘ildirakdan tortuvchi va to‘liq uzatmali variantlarga birdek tegishli.

2027-yilgi Chevrolet Equinox barcha versiyalarda 1,5 litrli turbomotor bilan jihozlanadi. Model GM D2 platformasi asosida ishlab chiqariladi. Avtomobil yig‘ilishi Meksikadagi GM San-Luis-Potosi zavodida amalga oshiriladi.

Avvalroq «Kursiv» Honda eng ommabop Honda N-Box modelini yangilagani haqida yozgandi.

Shuningdek