AQSh Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tish uchun yig‘im joriy qilishi mumkin

eʼlon qilindi
Tramp AQShni mintaqa davlatlarining “qo‘riqchi farishtasi” deb atagan
AQSh Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tish uchun yig‘im joriy qilishi mumkin
Foto: Alex Wong/Getty Images

AQSh Eron bilan kelishuv amalga oshmasa, Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tish uchun yig‘im joriy qilishi mumkin. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Trampning aytishicha, bunday to‘lov Vashington tomonidan Yaqin Sharq mamlakatlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun o‘ziga xos kompensatsiya bo‘ladi. U AQShni mintaqa davlatlarining «qo‘riqchi farishtasi» deb atagan.

Shu bilan birga, Oq uy rahbari Eron bilan sulh amal qiladigan 60 kun davomida hech qanday to‘lov undirilmasligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Tehron bilan erishilgan kelishuvlar buzilmasa, bu tartib keyin ham saqlanib qolishi mumkin.

Avvalroq AQSh prezidenti farmoniga muvofiq, Vashington Hormuz bo‘g‘ozidagi blokadani bekor qilgani xabar qilingandi. Bu haqda 18-iyun kuni AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi — CENTCOM ma’lum qilgan.

AQSh vitse-prezidentining bildirishicha, bir sutka ichida bo‘g‘oz orqali umumiy hajmi 12,5 million barrel neft bo‘lgan kemalar o‘tgan. U buni AQSh va Isroilning Eronga qarshi urushi boshlanganidan beri rekord ko‘rsatkich deb atagan.

Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, AQSh va Eron o‘rtasidagi dastlabki kelishuv amal qilgan uch kunga yaqin vaqt davomida Hormuz bo‘g‘ozidan 60–80 ta kema o‘tgan. Tinch davrda esa bu ko‘rsatkich kuniga qariyb 100 ta kemani tashkil etgan.

Avvalroq «Kursiv» AQSh Eronga muzlatilgan aktivlarining bir qismini qaytarishi mumkinligini yozgandi.

Shuningdek