Nodirbek Abdusattorov blits bo‘yicha dunyoning eng kuchli uch shaxmatchisi qatoriga kirdi

21-iyun 2026 14:48 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Nodirbek Abdusattorov blits bo‘yicha dunyoning eng kuchli uch shaxmatchisi qatoriga kirdi
Foto: Instagram

O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov blits bo‘yicha jahon reytingida uchinchi o‘ringa ko‘tarildi. So‘nggi turnirlardagi muvaffaqiyatli natijalari evaziga u reytingda birdaniga ikki pog‘onaga yuqoriladi.

Hozirda blits yo‘nalishida birinchi o‘rinni norvegiyalik Magnus Karlsen egallab turibdi. Uning hisobida 2877,4 ochko bor. Ikkinchi pog‘onada amerikalik Hikaru Nakamura joylashgan – u 2838 ochko jamg‘argan.

Abdusattorov esa 2802,5 ochko bilan uchinchi o‘ringa chiqdi. Shu tariqa u blits bo‘yicha dunyoning eng kuchli uch shaxmatchisi qatoridan joy oldi.

Avvalroq joriy yil fevral oyida Abdusattorov Germaniyada o‘tkazilgan FIDE fristayl shaxmat bo‘yicha jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritgan edi. U 2027-yilgi jahon chempionatiga yo‘llanma olgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Javohir Sindorov Magnus Karlsenni mag‘lub etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek