O‘zbekiston — Portugaliya uchrashuvini marokashlik hakamlar boshqaradi

21-iyun 2026 16:36 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
O‘zbekiston — Portugaliya uchrashuvini marokashlik hakamlar boshqaradi
Foto: Yahoo Sports

JCh-2026 guruh bosqichi doirasidagi O‘zbekiston — Portugaliya uchrashuvini Jalol Jayid boshchiligidagi marokashlik hakamlar boshqaradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Zakariya Brinsi va Mustafo Akarkad yordam beradi.

Shuningdek, o‘yinda Janubiy Afrika Respublikasi vakillari zaxira hakamlari sifatida ishlaydi. O‘zbekiston — Portugaliya uchrashuvi 23-iyun kuni AQShning Xyuston shahridagi arenada bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi.

Avvalroq O‘zbekiston terma jamoasining jahon chempionatidagi debyut uchrashuvi start turining eng ko‘p tomoshabin yig‘gan o‘yinlari qatoridan joy olgani xabar qilingandi.

O‘zbekistonning Kolumbiyaga qarshi Meksiko shahridagi stadionda o‘tgan uchrashuvini 80,8 ming tomoshabin kuzatgan. Bu ko‘rsatkich mundialning Meksika va JAR o‘rtasidagi ochilish o‘yini bilan bir xil bo‘lgan.

Shuningdek