23–27-iyun kunlari kuchli yomg‘ir sabab sel xavfi e’lon qilindi

eʼlon qilindi
sel
O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida
23–27-iyun kunlari kuchli yomg‘ir sabab sel xavfi e’lon qilindi
Foto: «O‘zgidromet»

23–27-iyun kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘ir sabab O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel hamda suv toshqini xavfi yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.

Unga ko‘ra, yog‘ingarchilik vaqtida ayrim daryo va soylar suvi keskin ko‘tarilib, pasttekisliklarda suv to‘planishi ehtimoli bor.

Sel xavfi qayd etilishi mumkin bo‘lgan hududlar quyidagilar:

— Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlari;
— Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobot tumanlari;
— Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlari;
— Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlari;
— Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlari;
— Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlari, shuningdek Angren va Olmaliq shaharlari;
— Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlari;
— Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona, Beshariq tumanlari hamda Shohimardon hududi;
— Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlari hamda Xonabod shahri.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Surxondaryoda sel xalqaro yo‘ldagi ko‘prikka zarar yetkazgani haqida yozgandi.

Shuningdek