Argentinada Lionel Messining 26 metrlik haykali o‘rnatildi

Argentina hududida futbol yulduzi Lionel Messi sharafiga dunyodagi eng baland haykal o‘rnatildi. Bu haqda AS nashri xabar berdi.
Uning balandligi 26 metrni tashkil etadi, og‘irligi esa 70 tonnadan oshadi.
Yodgorlik Neuquen provinsiyasidagi Cutral-Ko shahrida joylashtirilgan. Loyihaning muallifi haykaltarosh Aldo Beroysa hisoblanadi.
Haykalda Messi Argentina terma jamoasi libosida tasvirlangan bo‘lib, u 2022-yilda Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida qo‘lga kiritgan kubokni ko‘tarib turgan holatda aks ettirilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan eng katta Messi haykali Hindistonning Kalkutta shahrida o‘rnatilgan bo‘lib, uning balandligi 21 metr ekani haqida yozgandi. Biroq u keyinchalik kuchli shamollar sababli xavfsizlik nuqtayi nazaridan demontaj qilingan.