Dollar oshdi: 24-iyun uchun valyutalar kursi e’lon qilindi
eʼlon qilindi
23-iyun kuni esa 68,19 so‘mga tushib, 11 990.26 so‘m bo‘lgan edi

24-iyun uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 26,78 so‘mga oshib, 12 017,04 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi
17-iyun kuni 32,29 so‘mga oshib, 12 012,12 so‘mni, 18-iyun kuni 39,93 so‘mga oshib, 12 052,05 so‘mni tashkil etdi. 19-iyun kuni 33,51 so‘mga oshib, 12 085,56 so‘m, 22-iyun kuni 27,11 so‘mga tushib, 12 058,45 so‘m, 23-iyun kuni esa 68,19 so‘mga tushib, 11 990.26 so‘m bo‘ldi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 25,08 so‘mga tushib, 13 712,64 so‘mni, rubl esa 1,6 so‘mga tushib, 160,63 so‘mni tashkil qildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan dollar hafta davomida qanchaga oshgani haqida yozgan edi.