«Jurnalist» badiiy filmining premyerasi bo‘lib o‘tadi

23-iyun 2026 17:24 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
«Jurnalist» badiiy filmining premyerasi bo‘lib o‘tadi
Foto: Videodan olindi

Joriy yilning 26-iyun kuni soat 18:00 da O‘zbekiston Milliy Kino San’ati Saroyi (Panorama)da «Jurnalist» badiiy filmining namoyishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Yoshlar kinostudiyasi xabar berdi.

Film syujeti yosh jurnalist Ra’noning hayoti atrofida kechadi. U oddiy ko‘ringan bir voqea ortidan yirik jinoiy tizim yashiringanini fosh etadi. Bosim va tahdidlarga qaramay, Ra’no shov-shuv ortidan quvmasdan, adolat va inson taqdiri uchun kurash yo‘lini tanlaydi.

Mazkur film Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan «Yoshlik» kinostudiyasi tomonidan suratga olingan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Dacha» filmi qanday suratga olingani haqida yozgandi.

Shuningdek