JCh-2026: Portugaliyaga qarshi o‘yin uchun asosiy tarkib ma’lum bo‘ldi

eʼlon qilindi
Portugaliyaga qarshi o‘yin uchun asosiy tarkib ma’lum bo‘ldi / Foto: O‘FA

Jahon chempionati-2026 guruh bosqichining ikkinchi turida Portugaliyaga qarshi maydonga tushadigan O‘zbekiston milliy terma jamoasining asosiy tarkibi e’lon qilindi. Bu haqda O‘FA ma’lum qildi.

Uchrashuv bugun, 23-iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Bosh murabbiy Kannavaro Portugaliyaga qarshi bahs uchun quyidagi futbolchilarni asosiy tarkibga kiritdi:

Foto: O‘FA

Asosiy tarkib

  • Abduvohid Nematov
  • Abduqodir Husanov
  • Rustam Ashurmatov
  • Otabek Shukurov
  • Odil Hamrobekov
  • Sherzod Nasrullayev
  • Eldor Shomurodov (jamoa sardori)
  • Abdulla Abdullayev
  • Aziz G‘aniyev
  • Abbosbek Fayzullayev
  • Behruz Karimov

O‘zbekiston terma jamoasini bosh murabbiy sifatida italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro boshqaradi.

Guruhdagi vaziyat

O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati-2026 guruh bosqichida K guruhidan joy olgan. Guruhda Portugaliya, Kolumbiya va Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoalari ham ishtirok etmoqda.

Murabbiy va futbolchilarning fikri

Avvalroq bosh murabbiy Fabio Kannavaro Portugaliyaga qarshi o‘yin jamoasi uchun jiddiy sinov bo‘lishini ta’kidlagan edi. Terma jamoa himoyachisi Abduqodir Husanov ham Portugaliyaga qarshi uchrashuv oson kechmasligini, biroq jamoa maydonda bor kuchini ishga solishini ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, JCh – 2026 guruh bosqichi doirasidagi O‘zbekiston – Portugaliya uchrashuvini Jalol Jayid boshchiligidagi marokashlik hakamlar boshqaradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Zakariya Brinsi va Mustafo Akarkad yordam beradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichidagi ilk uchrashuvda Kolumbiyaga qarshi bahs olib borgan edi. «Oq bo‘rilar» 1:3 hisobida Kolumbiyaga mag‘lub bo‘ldi.

Shuningdek