Skoda uch qatorli Skoda Peaq elektromobilini taqdim qildi

24-iyun 2026 14:59 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Skoda uch qatorli Skoda Peaq elektromobilini taqdim etdi
Foto: Skoda

Skoda kompaniyasi yangi Skoda Peaq elektromobilini rasman namoyish qildi. Uch qatorli krossover brendning yangi elektr flagmani bo‘lib, o‘lchamlari bo‘yicha Kodiaq’dan kattaroq, biroq Hyundai Ioniq 9’dan ixchamroq hisoblanadi.

Model Vision 7S konsepti asosida yaratilgan va Modern Solid dizayn uslubiga ega. Unda T-shaklidagi optika, yaltiroq qora Tech-Deck Face paneli, kuzovga yashirilgan eshik tutqichlari hamda panoramali tom qo‘llangan. Panoramik tom Dynamic Shade Control texnologiyasiga ega bo‘lib, uning shaffofligini elektr orqali boshqarish mumkin.

Foto: Skoda

Skoda Peaq uzunligi 4874 mm, g‘ildirak bazasi esa 2965 mmni tashkil etadi. Aerodinamik qarshilik koeffitsiyenti 0,249 gacha tushirilgan. Salon besh yoki yetti o‘rindiqli konfiguratsiyada taklif qilinadi. Ichkarida raqamli asboblar paneli va vertikal joylashgan 13,6 dyuymli multimedia ekrani mavjud. Bu Skoda uchun ilk shunday yechimlardan biri hisoblanadi.

Texnik imkoniyatlar

Foto: Skoda

Elektromobil MEB+ platformasiga asoslangan. Peaq uch xil kuch qurilmasi bilan sotuvga chiqadi. Boshlang‘ich 60 versiyasi 63 kVt·soat batareya va 204 ot kuchiga ega orqa elektr motor bilan jihozlanadi. Uning WLTP bo‘yicha yurish zaxirasi 459 kmga yetadi.

Peaq 90 versiyasi esa 91 kVt/soat batareya va 286 ot kuchiga ega motor oladi. Ushbu talqin bir quvvatlanishda 647 kmgacha masofa bosib o‘ta oladi. Tezkor quvvatlash orqali akkumulyatorni 10 foizdan 80 foizgacha taxminan 28 daqiqada to‘ldirish mumkin.

Modelda 16 dinamikli Sonos audio tizimi, Qi2 simsiz quvvatlash, massaj va ventilyatsiyaga ega old o‘rindiqlar hamda 360 darajali ko‘rish tizimi kabi jihozlar taklif etiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Skoda Yevropada avtomobil savdosi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallagani haqida yozgan edi.

Shuningdek