O‘zbekistonda chet el valyutasiga talab 20 foizdan oshdi

eʼlon qilindi
Chet el valyutasiga bo‘lgan jami talab $25,7 mlrd
Bankdan hujjatlarsiz olinadigan naqd valyuta limiti 500 dollargacha oshiriladi
Foto: Hafiza Muxtorova / SI

O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar – may oylarida yuridik va jismoniy shaxslarning chet el valyutasiga bo‘lgan jami talabi 25,7 mlrd dollarni tashkil etdi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, bu 2025-yilning mos davriga nisbatan 20,1 foizga ko‘p. O‘tgan yilning yanvar – may oylarida valyutaga talab $21,4 mlrd bo‘lgan.

Yuridik shaxslar ko‘proq valyuta xarid qilgan

Ekran tasviri Markaziy bank

Hisobot davrida yuridik shaxslar tomonidan $20,2 mlrd miqdorida chet el valyutasi xarid qilingan. Jismoniy shaxslarning valyuta xaridi esa $5,5 mlrdni tashkil etgan.

Valyuta taklifi ham oshgan

2026-yil yanvar – may oylarida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan taklif qilingan chet el valyutasi hajmi $22,3 mlrdga yetdi. Bu 2025-yilning mos davriga nisbatan qariyb $5 mlrd yoki 28,6 foizga ko‘p.

Shu davrda aholi tijorat banklariga $10,2 mlrd sotgan. Yuridik shaxslar tomonidan sotilgan valyuta mablag‘lari esa $12,1 mlrdni tashkil etgan.

Dollar kursi deyarli o‘zgarishsiz

Ekran tasviri Markaziy bank

Yanvar – may oylarida valyuta ayirboshlash kursi 11 938 – 12 320 so‘m oralig‘ida shakllangan. Markaziy bankka ko‘ra, kurs yil boshiga nisbatan deyarli o‘zgarishsiz qolgan.

Ushbu davrda almashuv kursining o‘rtacha tebranuvchanligi 30 so‘m yoki 0,25 foizni tashkil etgan.

Taqqoslash uchun, 2025-yilning yanvar – may oylarida bu ko‘rsatkich 17,3 so‘m yoki 0,13% bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 25-iyun uchun valyutalar kursi e’lon qilingandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 7,36 so‘mga oshib, 12 024,40 so‘mni tashkil etdi. Yevro 69,76 so‘mga tushib, 13 642,88 so‘mni, rubl esa 0,22 so‘mga tushib, 160,41 so‘mni tashkil qildi.

Shuningdek