Qamchiq dovonida yuk mashinasi xandaqqa tushib ketdi

eʼlon qilindi
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q
Qamchiq dovonida yuk mashinasi xandaqqa tushib ketdi / Foto: FVV

Qamchiq dovonida harakatlangan yuk avtomobili yo‘l chetidagi xandaqqa tushib ketdi va qutqaruvchilar tomonidan xavfsiz hududga olib chiqildi. Bu haqda FVV ma’lum qildi.

Hodisa 24-iyun kuni soat 09:40 da A-373 avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan qismida «Vodiy – Toshkent» yo‘nalishida harakatlangan DAF rusumli yuk avtomobili bilan yuz berdi.

Foto: FVV

FVVga ko‘ra, avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida transport vositasi yo‘lning xandaq (kyuvet) qismiga tushib ketgan. Hodisa haqida «Qamchiq» maxsus qutqaruv boshqarmasiga xabar berilgan.

Xabar kelib tushgach, voqea joyiga FVV qutqaruvchilari yetib borgan. Maxsus texnikalar yordamida yuk avtomobili xandaqdan chiqarilib, xavfsiz hududga olib o‘tilgan.

Ma’lum qilinishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya xorijiy tashuvchilarning jarima va qarzdorliklarini nazorat qila boshlagani haqida yozgan edik.

Shuningdek