O‘zbekistonda besh nafar sudya lavozimidan ozod etildi

eʼlon qilindi
sud
1 nafar sudya muddatsiz davrga, 12 nafar sudya sudyalik vakolati muddati davriga qayta tayinlandi
O‘zbekistonda besh nafar sudya lavozimidan ozod etildi
Foto: Pexels

Sudyalar oliy kengashi qarori bilan besh nafar sudya lavozimidan ozod etildi, shuningdek, bir guruh sudyalarni tayinlash va qayta tayinlash bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, besh nafar sudya egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Xususan, Baxtiyor Roziqov Qashqadaryo viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimidan, Mavsuma Yo‘ldosheva Xorazm viloyat sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi.

Shuningdek, Raxmatjon Arapov Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shtepa tuman sudining raisi lavozimidan, Sardorbek Muminov Andijon viloyati Andijon tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi lavozimidan, Xurshed Xalikov esa Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Bekobod shahar sudining raisi lavozimidan ozod etildi.

Bundan tashqari, Sudyalar oliy kengashi bir qator sudyalarni lavozimlarga tayinlash va qayta tayinlash bo‘yicha ham qaror qabul qildi. Unga ko‘ra, 1 nafar sudya muddatsiz davrga, 12 nafar sudya sudyalik vakolati muddati davriga qayta tayinlandi.

Avvalroq «Kursiv» Qarshida sudya yordamchisi $2,5 ming olgan vaqtida ushlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek