“Fenerbahche” Shomurodovga jiddiy qiziqish bildirmoqda

eʼlon qilindi
Foto: Kursiv Uzbekistan

Turkiyaning «Fenerbahche» klubi Oʻzbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodovni oʻz safiga qoʻshib olish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda Turkiyaning Fotomac nashri xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, Istanbul grandi Shomurodovni hujum chizigʻida raqobatni kuchaytirish uchun maqbul nomzod sifatida ko‘rmoqda. Oʻtgan mavsum Turkiya chempionatini ikkinchi oʻrinda yakunlagan «Fenerbahche» yangi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirish niyatida.

Shuningdek, 30 yoshli hujumchiga Turkiyaning yana bir klubi «Trabzonspor» ham qiziqish bildirmoqda. Bundan tashqari, Saudiya Arabistoni klublaridan ham Shomurodovga moliyaviy jihatdan ancha manfaatli takliflar borligi aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, Shomurodov «Istanbul Bashakshehir» safida yakunlangan mavsumda Turkiya Superligasida 22 ta gol urib, 5 ta assist amalga oshirdi. Hujumchining ayni damdagi transfer narxi esa 7 mln yevroni tashkil qiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Eldor Shomurodov Saudiya klublaridan biriga oʻtishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek