
Jahon chempionati guruh bosqichining 3-turi doirasida Tunis hamda Niderlandiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bahsda niderlandiyaliklar 3:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Uchrashuv taqdiri asosan birinchi bo‘limdayoq oydinlashdi. O‘yinning 3-daqiqasidayoq Tunis terma jamoasi a’zosi Elyes Sxiri o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘yib, jamoasini qiyin ahvolga soldi.

Ushbu avtogoldan so‘ng ruhiy ustunlikka erishgan «Lolaqizg‘aldoqlar yurti» vakillari oradan ko‘p o‘tmay hisobni ikkitaga oshirdi. 7-daqiqada Virjil van Deykning uzatmasidan so‘ng Brayan Brobbey raqib darvozasini aniq nishonga oldi.
Ikkinchi bo‘limda Tunis terma jamoasi vaziyatni o‘nglashga qattiq kirishdi. Buning natijasida uchrashuvning 54-daqiqasida Hazem Masturi raqib darvozasini ishg‘ol qilib, hisobdagi farqni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi.

Ammo 62-daqiqada Yan Pol van Hekke yevropaliklarning uchinchi golini kiritdi. Qolganolgan daqiqalarda niderlandiyaliklar ustunlikni saqlab qolib, muhim 3 ochkoni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.

Ma’lumot uchun, ushbu g‘alabadan so‘ng Niderlandiya «F» guruhida peshqadamga aylanib, Jahon chempionatining pley-off bosqichiga yo‘l oldi.
Avvalroq Kursiv nashri Germaniya kutilmaganda Ekvadorga imkoniyatni boy bergani haqida xabar bergan edi.