Namangan va Toshkent viloyatlarida 327 mln so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanildi

eʼlon qilindi
Holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan
Namangan va Toshkent viloyatlarida 327 mln so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanildi
Foto: Pexels

Namangan va Toshkent viloyatlarida 327 mln so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

Departamentning Uychi tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda yakka tartibdagi tadbirkor «Uychi dehqon bozori» MCHJ hududidagi savdo do‘konida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulangani aniqlangan. Natijada tadbirkor 119,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.

Toshkent viloyatida ham shunga o‘xshash holat qayd etildi. Departamentning O‘rtachirchiq tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda fuqaro «Burgalik» MFY hududidagi xonadonida tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 107,8 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘lgan.

Yana bir holat Namangan viloyatining Davlatobod tumanida aniqlangan. Tekshiruv davomida shaxs tabiiy gaz tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulanib, 99,8 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani fosh etilgan.

Ushbu holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri uch hududda narkotik vositalar aylanmasiga chek qo‘yilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek