Odil sudlov akademiyasi magistraturasiga qabul tartibi tasdiqlandi

eʼlon qilindi
Qabul jarayoni, qoida tariqasida, avgust oyida o‘tkaziladi
Magistratura
Foto: Belong Blog

Hukumat qarori bilan Odil sudlov akademiyasi magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Magistraturada o‘qish muddati

Yangi tartibga ko‘ra, magistraturaga qabul kunduzgi va kechki ta’lim shakllari bo‘yicha amalga oshiriladi. Har ikki ta’lim shakli uchun o‘qish muddati 1 yil etib belgilandi.

Kechki ta’lim shaklida darslar odatda haftasiga 5 kun o‘tkaziladi va haftalik o‘quv yuklamasi 20 akademik soatni tashkil etadi.

Kimlar hujjat topshirishi mumkin

Magistraturaga yurisprudensiya bakalavriati hamda magistraturaga qabul bo‘yicha turdosh oliy ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxatiga kiruvchi bakalavr darajasiga ega bo‘lgan shaxslar tanlov asosida qabul qilinadi.

Qabul jarayoni, qoida tariqasida, avgust oyida o‘tkaziladi.

Ichki va tashqi abituriyentlar uchun tartib

Tashqi abituriyentlarni magistraturaga qabul qilish Hukumat qarori bilan tasdiqlangan umumiy tartib asosida Akademiya qabul komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Ichki abituriyentlar esa mutaxassislik fanlari bo‘yicha tanlovda ishtirok etadi. Agar ularda chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi xalqaro sertifikat bo‘lmasa, ular chet tilidan test sinovini topshiradi.

Bitiruvchilarga davlat diplomi beriladi

Magistraturani muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga mutaxassislik bo‘yicha davlat namunasidagi magistr diplomi beriladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan oliy toifali o‘qituvchilar maqsadli magistraturaga qabul qilinishi haqida yozgandi.

Shuningdek