UZCARD Football Fest: minglab muxlislar milliy terma jamoa bilan birga o‘tkazgan oqshom

23-iyun kuni HUMO Arena’da FIFA World Cup 2026 doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasining Portugaliya terma jamoasiga qarshi tarixiy o‘yiniga bag‘ishlangan yirik tadbir — UZCARD Football Fest bo‘lib o‘tdi. Minglab muxlislar milliy jamoani birgalikda qo‘llab-quvvatlash uchun festivalda jam bo‘ldi. Translyatsiya kech vaqtda boshlanishiga qaramay, tribunalar start hushtagidan ancha oldin to‘lib bo‘ldi.
Translyatsiya boshlanishidan avval festival mehmonlari uchun keng ko‘lamli ko‘ngilochar dastur tashkil etildi. Majmua hududida mavzuli faollik zonalari, futbol bo‘yicha sinovli bellashuvlar, muxlislar uchun interaktiv maydonchalar, milliy terma jamoa ramzlari aks etgan fotozonalar, shuningdek, fud-kort faoliyat yuritdi. Oqshomning musiqiy dasturida Shohrux, Sevara Nazarxon, Munisa Rizayeva, Konsta, Sahar, Doppi Twins va DJ Umar ishtirok etdi. Bevosita o‘yin boshlanishidan avval tomoshabinlarga sport sharhlovchisi Mirzahakim To‘xtamirzayev murojaat qildi.



Jahon futbolining eng kuchli raqiblaridan biriga qarshi kechgan uchrashuv O‘zbekiston milliy terma jamoasining jahon chempionatidagi ishtirokida muhim bosqich bo‘ldi hamda millionlab muxlislarni milliy jamoa atrofida birlashtirgan yana bir muhim voqeaga aylandi.
UZCARD Football Fest tadbiriga uning xayriya yo‘nalishi alohida mazmun bag‘ishladi. Chipta savdosidan tushgan barcha mablag‘lar ijtimoiy tashabbuslarni amalga oshirish uchun VAQF jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
UZCARD Football Fest sport, musiqa, xayriya va milliy jamoani qo‘llab-quvvatlash g‘oyalarini birlashtirib, FIFA World Cup 2026 davrida O‘zbekiston terma jamoasi muxlislari uchun eng yirik tadbirlardan biriga aylandi.

Tadbir tashkilotchisi — UZCARD to‘lov tizimi. Texnik hamkor va tadbir o‘tkazilgan maydon — HUMO Arena.
Tadbir hamkorlari va homiylari
UZCARD Football Fest loyihaning asosiy qadriyatlari — futbolga muhabbat, ijtimoiy mas’uliyat va mamlakatdagi barcha muxlislarni birlashtirish g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlagan kompaniya va tashkilotlar ko‘magida amalga oshirildi.
- Bosh hamkor — O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (UFA)
- Bosh homiy — Lay’s
- Rasmiy homiy — EVOS
- Xayriya tashabbusining asosiy hamkori — VAQF jamg‘armasi
- Ovqatlanish bo‘yicha hamkor — Korzinka
- Strategik hamkor — O‘zbekiston Professional futbol ligasi
- Media va translyatsiya bo‘yicha hamkor — ZO‘R TV
- Chipta operatori — iTicket
- Axborot hamkorlari — Kursiv Uzbekistan, Pressa.uz va Repost.uz
- Texnik hamkorlar — Ahad Mix Group va YASTREB Light-Sound System
- Xavfsizlik bo‘yicha hamkorlar — Toshkent shahar IIBB va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi

UZCARD Football Fest futbol O‘zbekistonda shunchaki o‘yin emas, balki birlashish uchun muhim sabab ekanini yana bir bor isbotladi. Bu oqshomni yelkama-yelka o‘tkazgan minglab muxlislar o‘zlari bilan nafaqat o‘yindan olgan yorqin taassurotlarni, balki yanada katta voqelikning bir qismiga aylanganlik hissini ham olib ketdi.