
Samsung Galaxy A24 4G smartfoni uchun Android 17 asosidagi One UI 9 interfeysini ichki sinovdan o‘tkazishni boshlagani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Tarun Vats xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Samsung’ning test serverlarida Galaxy A24 4G uchun yangi proshivkaning dastlabki yig‘malari paydo bo‘lgan.
Ular A245FXXUCGZF4 va A245FOLMCGZF4 indekslari bilan aniqlangan.
2023-yilgi model yangi yangilanish oladi
Galaxy A24 4G 2023-yilda taqdim etilgan o‘rta-budjet segmentidagi smartfon hisoblanadi.
Sizdirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu model Android 17 asosidagi eng yangi One UI 9 yangilanishini olishi mumkin.
Hozircha yangilanishning ommaviy tarqatilishi qachon boshlanishi haqida rasmiy ma’lumot yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samsung qariyb 10 yillik Galaxy S8 va Note 8 uchun yangilanish chiqargandi. Avvalgi dasturiy yangilanish bu modellarga 2022-yilda chiqqan edi.