O‘zbekiston va Norvegiya yadro xavfsizligi bo‘yicha 3 yillik loyiha boshladi

eʼlon qilindi
Loyiha Norvegiya tomonidan moliyalashtiriladi
O‘zbekiston va Norvegiya yadro xavfsizligi bo‘yicha 3 yillik loyiha boshladi
Foto: «Dunyo» axborot agentligi

O‘zbekiston va Norvegiya radiatsiya hamda yadro xavfsizligi sohasida yangi uch yillik loyihani amalga oshirishni boshladi. «Dunyo» axborot agentligiga ko‘ra, loyiha normativ-huquqiy bazani takomillashtirishga qaratilgan.

Loyiha Norvegiya tomonidan moliyalashtiriladi

Mazkur loyiha Norvegiyaning yadro sohasidagi harakatlar rejasi doirasida moliyalashtiriladi.

U O‘zbekiston Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi hamda Radiatsiya va yadro xavfsizligi ilmiy-texnika markazi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Hamkorlik doirasida radiatsiya va yadro xavfsizligi bo‘yicha milliy normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, davlat tomonidan tartibga solish tizimini rivojlantirish, xalqaro tajribani o‘rganish va uni amaliyotga joriy etish ko‘zda tutilgan.

Milliy xavfsizlik tizimi mustahkamlanadi

Loyiha O‘zbekistonda radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha milliy tizimni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.

Tomonlar hamkorlik orqali sohaga xalqaro standartlar va ilg‘or tajribalarni kengroq joriy etishni maqsad qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yilda O‘zbekiston yadro xavfsizligi bo‘yicha uchta xalqaro konvensiyaga qo‘shilgandi. Ushbu konvensiyalar:

  • Yadro avariyasi haqida erta xabardor qilish to‘g‘risidagi konvensiya;
  • Yadro avariyasi yoki radiologik favqulodda vaziyatlarda yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi konvensiya;
  • Yadro xavfsizligi to‘g‘risidagi konvensiya.
Shuningdek