
Jahon chempionatining guruh bosqichi 3-turida Xorvatiya terma jamoasi Gana ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu natija evaziga xorvatiyaliklar «L» guruhida birinchi o‘rinni egallab, pley-off yo‘llanmasini naqd qildi.

Uchrashuv kutilganidek keskin kurashlar ostida o‘tdi. Hisob 31-daqiqada ochildi. Petar Suchich o‘z imkoniyatidan unumli foydalanib, Xorvatiyani oldinga olib chiqdi. Gana terma jamoasi tanaffusdan so‘ng hujumkorlikni oshirdi va buning natijasi 73-daqiqada ko‘rindi Derrek Lyukassen muvozanatni tiklashga erishdi.
O‘yinning hal qiluvchi pallasi 83-daqiqaga to‘g‘ri keldi. Zaxiradan maydonga tushgan Nikola Vlashich o‘zining aniq zarbasi bilan jamoasiga g‘alaba keltiruvchi golni kiritdi. Shu tariqa, Xorvatiya guruh bosqichini 6 ochko bilan yakunlab, Angliyadan so‘ng ikkinchi o‘rin bilan keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Avvalroq Kursiv nashri Ispaniya Urugvayni kichik hisobda mag‘lub etib, guruh peshqadamiga aylangani haqida xabar bergan edi.