O‘zbekistonda qariyb 57 ming xorijlik yashayotgani ochiqlandi. Ular orasida qaysi davlat fuqarolari yetakchi

eʼlon qilindi
Xorijiy fuqarolarning eng katta qismi Toshkent shahrida istiqomat qilmoqda
Foto: Kursiv Uzbekistan

O‘zbekistonda bir yildan ortiq muddat davomida yashayotgan 56 860 nafar xorijiy fuqaro ro‘yxatga olindi. Bu haqda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining dastlabki natijalariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda Kursiv Uzbekistan muxbiri.

Ma’lumotlarga ko‘ra, xorijiy fuqarolarning eng katta qismi Toshkent shahrida istiqomat qilmoqda. Poytaxtda 19 300 nafar chet el fuqarosi ro‘yxatga olingan. Bu mamlakatda bir yildan ortiq yashayotgan har uchinchi xorijlik Toshkent hissasiga to‘g‘ri kelishini anglatadi.

Davlatlar kesimida eng ko‘p ko‘rsatkich Hindiston fuqarolariga tegishli — 13 312 nafar. Keyingi o‘rinlarda Rossiya Federatsiyasi — 10 826 nafar, Qozog‘iston — 9 425 nafar, Tojikiston — 5 722 nafar, Turkmaniston — 5 347 nafar va Qirg‘iziston — 4 397 nafar fuqarosi qayd etilgan.

Shuningdek, O‘zbekistonda bir yildan ortiq yashayotgan Pokiston fuqarolari soni 1 433 nafarni, Xitoy fuqarolari 1 031 nafarni, Turkiya fuqarolari 811 nafarni, Koreya Respublikasi fuqarolari esa 691 nafarni tashkil qilgan.

Boshqa davlatlardan kelgan va mamlakatda bir yildan ortiq istiqomat qilayotgan xorijiy fuqarolar soni 3 865 nafar deb qayd etildi.

Ro‘yxatga olish qamrovi 97,3 foizni tashkil etdi

Matbuot anjumanida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonining qamrovi haqida ham ma’lumot berildi. Unga ko‘ra, ro‘yxatga olishda umumiy aholining 97,3 foizi qamrab olingan. Aholining 2,7 foizi esa turli sabablarga ko‘ra jarayonda ishtirok etmagan.

Ta’kidlanishicha, mazkur ko‘rsatkich xalqaro me’yorlar bo‘yicha normal holat hisoblanadi. Ayrim davlatlar tajribasida ro‘yxatga olish jarayonida qamrab olinmagan aholi ulushi 10 foiz va undan yuqori bo‘lgan holatlar ham kuzatilgan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekistonda bir nafar aholini ro‘yxatga olish uchun sarflangan xarajat $0,12 ni tashkil etgan. Qayd etilishicha, bu ro‘yxatga olish jarayonida raqamli texnologiyalardan samarali foydalanilgani hamda tashkiliy xarajatlar maqbullashtirilganini ko‘rsatadi.

Shuningdek, dastlabki natijalarga ko‘ra, aholining 35,7 mln nafari yoki 91,3 foizi o‘zbek tilini ona tili sifatida ko‘rsatgan. Bu ko‘rsatkich etnik o‘zbeklar ulushidan 1,9 foiz punktga yuqori.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston aholisining deyarli 90 foizini o‘zbeklar tashkil qilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek