Har yili “Raqamli kontent” platformasiga 20 milliard so‘m ajratiladi — prezident

eʼlon qilindi
Xorijiy tillarni mukammal biladigan yoshlar soni 650 ming nafardan oshgani ma’lum qilindi
Har yili «Raqamli kontent» platformasiga 20 milliard so‘m ajratiladi — prezident / Foto: President.uz

O‘zbekistonda xorijiy tillarni biladigan yoshlar ishtirokida mamlakatning turizm va madaniy salohiyatini targ‘ib qiluvchi «Raqamli kontent» platformasi ishga tushiriladi. Prezidentning ma’lum qilishicha, ushbu loyiha uchun har yili 20 mln so‘m mablag‘ ajratiladi.

Prezidentning ta’kidlashicha, bugungi kunda xorijiy tillarni mukammal biladigan yoshlar soni 650 ming nafardan oshgan.

«Ularga buyuk tariximiz, boy madaniy merosimiz to‘g‘risida xorijiy tillarda kontent tayyorlashni o‘rgatsak, yurtimiz turizm salohiyatini targ‘ib qilishga katta hissa qo‘shib, yuqori daromadga ham ega bo‘ladi», — dedi davlat rahbari.

Shu maqsadda «Raqamli kontent» platformasi ishga tushiriladi. Mazkur platforma faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun har yili 20 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishi belgilandi.

Qayd etilishicha, hozirda 150 ming nafardan ortiq o‘zbekistonlik yoshlar xorijda tahsil olmoqda va ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanmoqda. Endilikda ularning bilim va imkoniyatlaridan yurtimizning turizm hamda eksport salohiyatini oshirishda foydalanishga qaratilgan tizim yo‘lga qo‘yiladi.

Unga ko‘ra, talabalar ta’lim olayotgan davlatlaridagi bozor, mahsulot va xizmatlarga bo‘lgan talabni tahlil qilib, bu ma’lumotlarni mahalliy ishlab chiqaruvchilarga yetkazadi. Shuningdek, ular O‘zbekistonning turizm salohiyati va mahalliy mahsulotlarini targ‘ib qiluvchi stendlar tashkil etib, taqdimotlar o‘tkazadi. Ushbu faoliyatni rag‘batlantirish uchun ularga grantlar ajratiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident terma jamoamiz a’zolaridan ayb qidirish xalqimizga xos ish emasligi haqida so‘zlagan edi.

Shuningdek