Turlov Samarqanddagi saylovda FIDE vitse-prezidentligi uchun kurashadi

eʼlon qilindi
26 – 27-sentabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan FIDE saylovida
Turlov Samarqanddagi saylovda FIDE vitse-prezidentligi uchun kurashadi
Foto: Forbes.kz

Qozog‘iston shaxmat federatsiyasi prezidenti Timur Turlov Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) vitse-prezidenti lavozimiga o‘z nomzodini ilgari surganini ma’lum qildi. Bu haqda Telegram kanalida yozib qoldirdi.

Uning aytishicha, amaldagi FIDE prezidenti Arkadiy Dvorkovich bilan birgalikda 26 – 27-sentabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan FIDE saylovida ishtirok etadi. Mazkur sanalarda shaharda Shaxmat olimpiadasi ham o‘tkaziladi.

Turlov so‘nggi yillarda shaxmat uning hayotidagi eng muhim loyihalardan biriga aylanganini, bu yo‘nalishga katta mablag‘, vaqt va kuch sarflaganini ta’kidladi. Uning fikricha, Qozog‘iston shaxmat federatsiyasida qo‘llanilgan boshqaruv modeli o‘z samarasini bergan va uni xalqaro miqyosda ham tatbiq etish mumkin.

«Agar saylovda g‘alaba qozonsam, FIDE faoliyatini yanada barqaror, muvozanatli va zamonaviy qilish, federatsiyani raqamlashtirishni jadallashtirish ustida ishlayman. Men bu saylovda nafaqat o‘zimni, balki dunyodagi eng raqamlashgan davlatlardan biri bo‘lgan Qozog‘istonni ham namoyon etaman», – dedi Turlov.

Uning ta’kidlashicha, Samarqanddagi saylovdagi muvaffaqiyat Qozog‘iston uchun yana bir muhim xalqaro yutuq bo‘lishi mumkin.

Avvalroq «Kursiv» nashri o‘zbekistonlik shaxmatchilar jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritgani haqida yozgandi.

Shuningdek