Til ostiga oltinni konfet kabi yashirishga uringan shaxs postda qo‘lga tushdi

eʼlon qilindi
24 gramm og‘irlikdagi quyma oltinni
Bojxona nazorati jarayonlari uchun yangi hujjat shakllari tasdiqlandi
Til ostiga oltinni konfet kabi yashirishga uringan shaxs postda qo‘lga tushdi / Foto: News.ru

Andijon viloyatida 252 gramm, qiymati qariyb 400 mln so‘mlik oltin buyumlarni telefon ichiga va til ostiga yashirib olib o‘tishga uringan uch nafar fuqaro aniqlandi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi ma’lum qildi.

Foto: Bojxona qo‘mitasi

Viloyatdagi «Do‘stlik» chegara bojxona posti orqali qo‘shni davlatdan kirib kelgan ikki nafar fuqaro bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, ular 228 gramm og‘irlikdagi zargarlik buyumlarini uyali aloqa vositalari ichiga yashirgan holda olib o‘tishga uringani ma’lum bo‘ldi.

Foto: Bojxona qo‘mitasi

Mazkur post orqali harakatlangan yana bir fuqaro esa 24 gramm og‘irlikdagi quyma oltin bo‘lagini og‘iz bo‘shlig‘iga, til ostiga yashirib, go‘yoki konfet shimayotgandek bojxona nazoratidan o‘tishni rejalashtirgan. Biroq bojxona xodimlari ushbu urinishni ham o‘z vaqtida aniqlab, oltinni ashyoviy dalil sifatida olib qo‘ydi.

Foto: Bojxona qo‘mitasi

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, aniqlangan huquqbuzarliklar doirasida umumiy og‘irligi 252 gramm bo‘lgan, qiymati qariyb 400 mln so‘mlik zargarlik buyumlari va oltin buyumlar huquqbuzarlik ashyosi sifatida vaqtincha saqlovga olindi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda 505 gramm gashishni Toshkentga olib ketayotgan shaxs qo‘lga olingan edi.

Shuningdek