Raqobat qo‘mitasi TLS Contact va qator kompaniyalarni viza xizmatlarini ko‘rsatishda ustun muzokara ega deb topdi

eʼlon qilindi
«VFS Global Services UBKN» va «Vizametric» MChJlar ustun mavqega ega deb topildi
Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston uchun viza tartibini soddalashtirishi mumkin
Foto: Goexploresclub

Raqobat qo‘mitasi xorijiy davlatlarga chiqish uchun viza xizmatlarini ko‘rsatish bozorini tahlil qildi. Natijada «VFS Global Services UBKN» va «Vizametric» MChJlar ustun mavqega, «TLS Contact» MChJ esa ustun muzokara kuchiga ega deb e’tirof etildi.

Viza xizmatlari bozori o‘rganildi

Qo‘mita tovar va xizmatlar bozorida raqobat muhitini tahlil qilish hamda raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishini ta’minlash doirasida viza xizmatlari bozorini o‘rgandi.

Tahlil chet el davlatlariga chiqish uchun viza xizmatlarini ko‘rsatadigan kompaniyalar faoliyatiga qaratildi.

VFS Global bir qator davlatlar bo‘yicha ustun mavqega ega

Raqobat qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, «VFS Global Services UBKN» MChJ bir qator davlatlarga chiqish uchun viza xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ustun mavqega ega deb topildi.

Ular orasida Avstriya, Vengriya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Daniya, Belgiya, Bolgariya, Xorvatiya, Chexiya, Estoniya, Finlyandiya, Gretsiya, Irlandiya, Latviya, Litva, Buyuk Britaniya, Shveysariya, Yangi Zelandiya, Isroil va Malta bor.

Vizametric AQSh vizalari bo‘yicha ustun mavqega ega deb topildi

«Vizametric» MChJ esa Amerika Qo‘shma Shtatlariga chiqish uchun viza xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ustun mavqega ega deb e’tirof etildi.

Qo‘mita bu qarorni «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonunning 13-moddasiga asosan qabul qilgan.

TLS Contact bo‘yicha alohida qaror qabul qilindi

«TLS Contact» MChJ Germaniya va Fransiyaga chiqish uchun viza xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ustun muzokara kuchiga ega deb topildi.

Bu holat «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonunning 14-moddasiga asosan baholangan.

Ustun mavqe nimani anglatadi

Qonunga ko‘ra, ustun mavqe bu kompaniyaning bozorda raqobatchilardan mustaqil harakat qilishi, raqobat holatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi yoki boshqa ishtirokchilarning bozorga kirishini qiyinlashtirishi mumkin bo‘lgan holat.

Ustun muzokara kuchi esa kompaniyaning bitim shartlari, xizmat ko‘rsatiladigan hudud yoki narxlarga bir tomonlama ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lishini anglatadi.

Suiiste’mol qilish taqiqlanadi

«Raqobat to‘g‘risida»gi Qonunga ko‘ra, ustun mavqe yoki ustun muzokara kuchiga ega kompaniya bu holatdan suiiste’mol qilmasligi kerak.

Agar bunday harakatlar raqobatni cheklasa yoki iste’molchilar hamda boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqlariga zarar yetkazsa, bu qonunbuzarlik sifatida baholanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya elchixonasi vizaga oid firibgarliklardan ogohlantirgandi. Unga ko‘ra, viza xizmatlari barcha murojaatchilar uchun teng va adolatli sharoitda tashkil etilishi kerak. Shu sababli ayrim jismoniy shaxslar yoki kompaniyalarning qabul sanalarini egallab olish, ularni sotish yoki qo‘shimcha haq evaziga tezlashtirib berishni va’da qilishi qonunbuzarlik sifatida baholanadi.

Shuningdek