
Astrologik qarashlarga ko‘ra, payshanba kuni Yupiter sayyorasi ta’siri ostida bo‘ladi. Yupiter donolik, bilim, saxovat, farovonlik va o‘sish ramzi hisoblanadi. Shu sababli ayrim astrologlar bu kuni nafaqat muhim ishlarni rejalashtirishni, balki kiyim tanlashda ham ma’lum rang va uslublarga e’tibor berishni tavsiya qiladi.
Kursiv Uzbekistan hafta kunlarida qaysi rang va uslubda kiyinish kerakligi haqida maslahatlarni berib boradi.
Qaysi ranglarni tanlash tavsiya etiladi?
Astrologik maktablarda bu borada turli qarashlar mavjud. Bir guruh astrologlar payshanba kuni quyidagi ranglarni omad va ijobiy energiya bilan bog‘laydi:
- Sariq;
- Limon rangi;
- Oltin tuslari;
- Za»faron rangi;
- Och havorang.
Ularning fikricha, bu ranglar optimizm, muvaffaqiyat va o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirishga xizmat qiladi.
Boshqa astrologik manbalar esa payshanba kuni uchun binafsha rang va uning turli tuslarini tavsiya qiladi:
- Binafsha;
- Liloviy;
- Siren rang;
- Fialka rangi;
- Pushti;
- Ko‘k.
Mazkur qarashga ko‘ra, binafsha rang ruhiy xotirjamlik, donolik va ichki muvozanatni ifodalaydi.
Qanday uslub mos keladi?
Payshanba kuni klassik uslub eng maqbul tanlovlardan biri hisoblanadi. Astrologlar dabdabadan ko‘ra didli va tartibli kiyinishni tavsiya etadi.
Quyidagi uslublar yaxshi tanlov bo‘lishi mumkin:
- Klassik kostyum yoki shim va ko‘ylak;
- Yengil yoki uzun ko‘ylaklar;
- Tabiiy matolardan tikilgan kiyimlar;
- Minimalistik aksessuarlar;
- Oltin yoki kumush rangdagi nafis taqinchoqlar.
Qaysi ranglardan tiyilgan ma’qul?
Ba’zi astrologik talqinlarda payshanba kuni sariq va oltin ranglarni tavsiya etishsa, boshqalarida aynan shu ranglarni kiyimda ko‘p ishlatmaslik tavsiya qilinadi. Shu sababli astrologik tavsiyalarni qat’iy qoida sifatida emas, balki shaxsiy qarash sifatida qabul qilish maqsadga muvofiq.
Payshanba kuni nimalar qilish tavsiya etiladi?
Astrologik qarashlarga ko‘ra, payshanba quyidagi ishlar uchun qulay kun sanaladi:
- Meditatsiya va ibodat;
- Xayriya ishlari;
- Sovg‘a ulashish;
- To‘y va oilaviy tadbirlar;
- Ta’lim olish va yangi bilimlarni o‘rganish;
- Muhim uchrashuvlar va biznes muzokaralari.
Ma’lumot o‘rnida, astrologik tavsiyalar ilmiy jihatdan isbotlanmagan bo‘lsa-da, ko‘pchilik ularni motivatsiya va ijobiy kayfiyat manbai sifatida qabul qiladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan yozning eng trend yubkasi ma’lum bo‘lgani haqida yozgandi.