Ayrim daraxtlarni ko‘chirishga ruxsatnoma talab etiladi

eʼlon qilindi
Ruxsatnoma daraxt yoki butani uch yil davomida parvarish qilish sharti bilan beriladi
Daraxt ekishga 100 million so‘m hadya qilganlarga «Ekohamkor» maqomi beriladi
Ayrim daraxtlarni ko‘chirishga ruxsatnoma talab etiladi / Foto: Ekologiya vazirligi

Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalardan foydalanish tartibi hamda ularni ko‘chirib o‘tkazishga ruxsat berish mexanizmi takomillashtirildi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Hukumatning 2026-yil 30-iyunda qabul qilingan 342-son qarori bilan davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalardan foydalanishni tartibga solish hamda ushbu sohadagi ruxsat berish tartibini yanada takomillashtirish belgilandi.

Qarorga ko‘ra, davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan, yerdan 1,3 metr balandlikda tanasi diametri 15 santimetrgacha bo‘lgan daraxtlar hamda ildiz bo‘g‘zi diametri 10 santimetrgacha bo‘lgan butalarni faqat ruxsatnoma asosida ko‘chirib o‘tkazish mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, daraxt va butalarni sanitariya maqsadida kesish, ularga shakl berish hamda ruxsat etilgan o‘lchamdagilarini ko‘chirib o‘tkazish ishlari yaproq va ignabargli turlar uchun o‘simliklarning vegetatsiya davri yakunlangandan so‘ng, kuz mavsumidan boshlab bahorning 1-apreliga qadar amalga oshiriladi. Bunda daraxt va butalar ildiz tuprog‘i saqlangan holda ko‘chirib o‘tkazilishi shart.

Qarorga muvofiq, daraxt va butalarni ko‘chirib o‘tkazish uchun ruxsatnomalar har bir ko‘chirilgan daraxt yoki butani uch yil davomida parvarish qilish sharti bilan beriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Termizda sobiq mansabdor 217 ta daraxtning kesilishida aybdor deb topilgan edi.

Shuningdek