Ota-onasi deportatsiya qilingan 6 yoshli bola Moskvada qolib ketdi

eʼlon qilindi
Bola va ota-onasi Farg‘ona viloyatidan bolgan
Ota-onasi deportatsiya qilingan 6 yoshli bola Moskvada qolib ketdi / Foto: O‘zA

Ota-onasi deportatsiya qilinganidan so‘ng Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida qarovsiz qolib ketgan 6 yoshli o‘zbekistonlik bola vatanga xavfsiz tarzda qaytarildi. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Farg‘ona viloyatidan bo‘lgan 6 yoshli Abubakrning ota-onasi noqonuniy migratsiya holati sababli deportatsiya qilingach, bola qo‘shnilar qaramog‘ida qolib ketgan. Vaziyat yuzasidan kelib tushgan murojaat asosida Migratsiya agentligining Farg‘ona viloyati filiali hamda Moskva shahridagi vakolatxonasi tomonidan zudlik bilan tashkiliy va huquqiy choralar ko‘rildi.

Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida bola tegishli tartib-qoidalar asosida rasmiylashtirilib, aviatsiya xodimlari kuzatuvi ostida xavfsiz tarzda O‘zbekistonga yuborildi. U vatanga yetib kelgach, yaqin qarindoshlariga topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Dubayda jarimaga tortilgan o‘zbekistonliklar jarimasiz vatanga qaytarilgan edi.

Shuningdek