Eng kuchli Android smartfonlar reytingi e’lon qilindi

AnTuTu ishlab chiquvchilari tomonidan 2026-yil iyun yakunlari bo‘yicha o‘rta narx segmentidagi eng kuchli Android smartfonlar reytingi e’lon qilindi. Ro‘yxatdagi dastlabki uch o‘rinni MediaTek Dimensity 8500 platformasining turli versiyalarida ishlovchi modellar egalladi.
Reyting yetakchisi Dimensity 8500 Full-Power Edition chipiga ega iQOO Z11 bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni Dimensity 8500 Elite protsessori bilan jihozlangan Honor 600 Pro egalladi. Uchinchi pog‘onadan esa xuddi shu platforma asosida ishlab chiqilgan Honor WIN Turbo joy oldi.
Shu bilan birga, Honor 600 Pro modelining Xitoy bozori uchun mo‘ljallangan versiyasi xalqaro variantdan farq qilishi ta’kidlanmoqda. Jumladan, global bozorda taqdim etilgan Honor 600 Pro Qualcomm Snapdragon 8 Elite chipida ishlaydi. Xitoydagi reytingda esa Dimensity 8500 Elite asosidagi versiya ishtirok etgan.

AnTuTu ma’lumotlariga ko‘ra, iyun oyidagi subflagmanlar reytingiga kirgan barcha smartfonlar MediaTek platformalariga asoslangan. Bu o‘rta narx segmentida MediaTek’ning pozitsiyasi kuchayganini ko‘rsatadi. Flagmanlar segmentida esa vaziyat aksincha: eng kuchli modellar reytingidagi 10 ta qurilmadan 9 tasi Qualcomm chiplarida ishlaydi.
Top – 10 ro‘yxatidan, shuningdek, Xiaomi 17T va Redmi Turbo 5 kabi modellar ham joy olgan. Reyting AnTuTu V11 testidagi o‘rtacha natijalarga asoslangan. Hisob-kitoblar 2026-yil 1-iyundan 30-iyungacha Xitoy bozorida to‘plangan ma’lumotlar bo‘yicha tuzilgan.
Reyting:
| O‘rin | Smartfon modeli | Chipset | Xotira | O‘rtacha ball |
|---|---|---|---|---|
| 1 | iQOO 15 Ultra | Snapdragon 8 Elite Gen 5 | 16 GB + 1024 GB | 4 142 923 |
| 2 | Red Magic 11S Pro+ | Snapdragon 8 Elite Gen 5 OC | 16 GB + 1024 GB | 4 101 393 |
| 3 | iQOO 15 | Snapdragon 8 Elite Gen 5 | 16 GB + 1024 GB | 4 052 100 |
| 4 | vivo X300 Ultra Satellite Edition | Snapdragon 8 Elite Gen 5 | 16 GB + 1024 GB | 3 964 767 |
| 5 | realme GT8 Pro | Snapdragon 8 Elite Gen 5 | 16 GB + 512 GB | 3 958 736 |
| 6 | Honor WIN | Snapdragon 8 Elite Gen 5 | 16 GB + 1024 GB | 3 923 454 |
| 7 | OPPO Find X9 Ultra Satellite Edition | Snapdragon 8 Elite Gen 5 | 16 GB + 1024 GB | 3 890 437 |
| 8 | Honor Magic8 Pro | Snapdragon 8 Elite Gen 5 | 16 GB + 1024 GB | 3 845 606 |
| 9 | iQOO 15T | Dimensity 9500 | 16 GB + 1024 GB | 3 809 793 |
| 10 | Honor Magic8 | Snapdragon 8 Elite Gen 5 | 16 GB + 512 GB | 3 796 250 |
Avvalroq «Kursiv» Samsung Galaxy smartfonlarida muammolar aniqlangani haqida yozgan edi.