O‘zbekiston aholisi yosh guruhlari bo‘yicha qanday taqsimlangan — infografika

eʼlon qilindi
85 va undan kattalar soni 69 mingga yaqinlashdi
O‘zbekiston aholisi yosh guruhlari bo‘yicha qanday taqsimlangan / Foto: Yoshlar ishlari agentligi

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning dastlabki natijalari O‘zbekistonda aholining yosh tarkibini ochiqladi. Mamlakatda eng ko‘p aholi 0–4 yosh orasidagi bolalar toifasiga to‘g‘ri kelmoqda — 11,8 foiz.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 39 047 321 nafarni tashkil etgan.

Aholining asosiy qismini yoshlar tashkil etmoqda

Yosh guruhlari kesimida eng ko‘p aholi 0–4 yosh toifasiga to‘g‘ri keladi. Ushbu yoshdagi fuqarolar soni 4 607 149 nafarni tashkil etgan. Shuningdek, 5–9 yoshdagi aholi 3 859 606 nafar, 10–14 yoshdagilar 3 406 515 nafar, 15–19 yoshdagilar esa 3 155 802 nafarni tashkil qilgan.

20–24 yoshdagi aholi soni 2 662 250 nafar, 25–29 yoshdagilar 2 649 263 nafar, 30–34 yoshdagilar 3 167 974 nafar, 35–39 yoshdagilar esa 3 90 226 nafarga teng.

Foto: Kursiv Uzbekistan

40 yoshdan kattalar qancha

Ro‘yxatga olish natijalariga ko‘ra, 40–44 yoshdagi aholi soni 2 687 261 nafar, 45–49 yoshdagilar 2 242 676 nafar, 50–54 yoshdagilar 1 913 838 nafarni tashkil etgan.

Shuningdek, 55–59 yoshda 1 647 864 nafar, 60–64 yoshda 1 471 110 nafar, 65–69 yoshda 1 174 839 nafar aholi istiqomat qiladi. 70–74 yoshdagilar soni 669 46 nafar, 75–79 yoshdagilar 342 554 nafar, 80–84 yoshdagilar 130 375 nafarni tashkil etgan. 85 yosh va undan katta fuqarolar soni esa 168 973 nafarga yetgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq aholini ro‘yxatga olishning umumiy xarajatlari 4,68 million dollarni tashkil etgani haqida yozgan edik.

Shuningdek