Prezident Gruziyaning oliy davlat mukofoti – «Oltin mo‘yna» ordeni bilan taqdirlandi

eʼlon qilindi
Tantanali marosim Tbilisi shahrida bo‘lib o‘tdi
Prezident Gruziyaning oliy davlat mukofoti – «Oltin mo‘yna» ordeni bilan taqdirlandi / Foto: President.uz

Gruziyaga davlat tashrifi doirasida Shavkat Mirziyoyev ushbu mamlakatning oliy davlat mukofoti – «Oltin mo‘yna» ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mirziyoyevga mukofotni Gruziya prezidenti Mixail Kavelashvili O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun tantanali ravishda topshirdi.

Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev yuksak e’tirof uchun Gruziya prezidenti Mixail Kavelashvili, Bosh vazir Irakliy Kobaxidze hamda parlament raisi Shalva Papuashviliga minnatdorlik bildirdi. Davlat rahbari, shuningdek, Gruziya xalqiga tinchlik, farovonlik va ravnaq tiladi.

Ma’lum qilinishicha, 1998-yilda ta’sis etilgan «Oltin mo‘yna» ordeni Gruziyaning oliy davlat mukofotlaridan biri hisoblanadi. U xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, gruzin madaniyati, ilm-fani va san’atini targ‘ib etish yo‘lidagi alohida xizmatlar uchun beriladi. Orden nomi qadimgi yunonlarning Oltin mo‘yna haqidagi afsonasi hamda tarixiy Kolxida o‘lkasi bilan bog‘liq.

Foto: President.uz
Foto: President.uz

Turli yillarda ushbu yuksak mukofot bilan Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II, Iordaniya podshohi Abdulla II, Germaniya kansleri Gerxard Shryoder, Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an, Ozarbayjon prezidenti Haydar Aliyev va boshqa davlat arboblari taqdirlangan. Tashrif doirasida Mirziyoyev Orbeliani saroyining Faxriy mehmonlar kitobiga ham samimiy tilaklarini yozib qoldirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Gruziya prezidentlari qator masalalarini muhokama qilgan edi.

Shuningdek