AI-92 benzin narxi birjada tonnasi uchun qariyb 14 mln so‘mga chiqdi

eʼlon qilindi
26-maydan 30-iyungacha 1,3 mln so‘mga yoki 10,6 foizga oshdi
Foto: Sapura Temirxanova / Kursiv Uzbekistan

AI-92 benzinining birjadagi o‘rtacha narxi (tonna uchun) 26-maydan 30-iyungacha 1,3 mln so‘mga yoki 10,6 foizga oshdi. 1-iyul kuni esa AI-92 markalari bo‘yicha narxlar tonnasi uchun 13,96 mln so‘m atrofida shakllandi.

1-iyul kungi birja savdolari yakuniga ko‘ra, oddiy avtobenzin A-92 bo‘yicha o‘rtacha narx 13,962 mln so‘m/tonnani tashkil etdi. Bu avvalgi savdoga nisbatan 81,1 ming so‘mga yoki 0,6 foizga yuqori.

A-92 K2-L markasida esa narx 13,860 mln so‘m/tonna bo‘ldi. Ushbu marka bo‘yicha narx 127,9 ming so‘mga yoki 0,9 foizga pasaydi.

A-92 K-2 markasi 15,510 mln so‘m/tonna darajasida saqlanib qoldi. A-92 K-4 va A-92 K5 bo‘yicha esa sotilgan hajm qayd etilmagan.

Kursiv Uzbekistan’ning oxirgi o‘rganishlariga ko‘ra, Toshkent shahridagi ko‘plab AYQShda AI-92 benzini 12 600 – 13 000 so‘m oralig‘ida sotilmoqda. Bu esa birjadagi narx o‘zgarishlari chakana bozorda ham bosqichma-bosqich aks etayotganini ko‘rsatadi.

Kursiv Uzbekistan muxbiri bilan suhbatda bo‘lgan taksi haydovchilari ham yonilg‘i narxlari oshgani sezilayotganini bildirdi.

Shuningdek