O‘zbekistonlik shaxmatchilar reytingi qanday o‘zgardi

eʼlon qilindi
O‘zbekistonlik shaxmatchilar reytingi qanday o‘zgardi
Foto: Instagram

O‘zbekistonlik besh nafar shaxmatchi Xalqaro shaxmat federatsiyasi – FIDE reytingining kuchli yuztaligidan joy oldi. Yangilangan reytingda Javohir Sindorov va Nodirbek Abdusattorov dunyoning eng kuchli o‘n shaxmatchisi qatorida qolmoqda.

Javohir Sindorov o‘z o‘rnini saqlab, 4-pog‘onada qayd etildi. Nodirbek Abdusattorov esa bir pog‘ona pastlab, 5-o‘rindan 6-o‘ringa tushdi. Shunga qaramay, u hamon Top – 10 safida bormoqda.

Nodirbek Yoqubboyev natijasini yaxshilab, 40-o‘rindan 39-o‘ringa ko‘tarildi. Rustam Qosimjonov esa bir pog‘ona pastlab, 50-o‘rindan 51-o‘ringa joylashdi.

Eng katta o‘sish Shamsiddin Vohidovda kuzatildi. U avvalgi reytingda 89-o‘rinda bo‘lgan bo‘lsa, yangilangan jadvalda 62-o‘ringa ko‘tarildi. Shu tariqa Vohidov 27 pog‘ona yuqorilab, o‘zbekistonlik shaxmatchilar orasida eng sezilarli o‘sishni qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Bibisora Assaubayeva dunyoning eng kuchli besh shaxmatchisi qatoriga kirgani haqida yozgan edi.

Shuningdek